Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.
Bir maHal uning nigoHin ko‘rdim:
Yashash kerak, sevish shart emas.
[ПРИПЕВ]
Sadoqatmi?
Kimga kerak u?..
Behudadir ko‘z yoshing seli.
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas:
U begona. U endi kelinnn...
To‘y — bu asli badjahl ota,
Baxtli bo‘lsin qizim degani.
Uni senga bermasman, bo‘tam,
Tirik ekan ko‘zim, degani.
Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,
Qonimda bir g‘ashlik o‘rmalar.
Men olovga otarman endi,
Yuragimni qiyma-qiymalab...
Yoqa ushlab qolsin ko‘rganlar,
Olovlarga otgum uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish kerak... yashash shart emas!
[ПРИПЕВ]
Sadoqatmi?
Kimga kerak u?..
Behudadir ko‘z yoshing seli.
Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas:
U begona. U endi kelin...
[МЕДЛЕННО С ШЁПОТОМ]
Yoqa ushlab qolsin ko‘rganlar,
Olovlarga otgum uni, bas.
Yonib ketsin chirsillab qalbim,
Sevish keraak...! yashash shart emass!!