Men eskirdim
shaltog'im chiqqan
G'iyqillayman eski eshikday
Shahdim o'chgan
qabog'im so'lgan
Ichimda bir zo'r yigit o'lgan
Kulbamga ham
sig'aman zo'rg'a
Xira tortdim
qulog'im og'ir
Har kechqurun
yemirar to'rva
Har kunduzi
kemirar taqdir
O'ylanmasdan
qolganman boshim
g'uvullaydi
to'g'risi bo'm-bo'sh
gohi-gohi
qo'qqisdan
yoshim
Cho'qqilar bir qush
Men eskirdim
shaltog'im chiqqan
foydam tegmas
mum qotgan ensam
Ketay desam
tovonda qurb yo'q
Ovozim yo'q
baqiray desam
Abduvali Qutbiddin she'ri
Men eskirdim
shaltog'im chiqqan
g'iyqillayman eski eshikday
Shahdim o'chgan, qabog'im so'lgan
Ichimda bir zo'r yigit o'lgan
Kulbamga ham sig'aman zo'rg'a
Xira tortdim, qulog'im og'ir
Har kechqurun yemirar to'rva
Har kunduzi kemirar taqdir
O'ylanmasdan qolganman boshim
g'uvullaydi, to'g'risi bo'm-bo'sh
Gohi-gohi qo'qqisdan yoshim
qabog'imda cho'qqilar bir qush
Men eskirdim, shaltog'im chiqqan
Foydam tegmas, mum qotgan ensam
Ketay desam, tovonda qurb yo'q
Ovozim yo'q, baqiray desam