Visolga yetmoqlik dardida yurgan,
Bu yo‘lda necha bor g‘am-andux ko‘rgan,
Yor debon kechalar qiyomda turgan
Oshiqlar ahliga shoirdan salom.
Ishq atalmish yo'ldan chekinmas ortga
Dardin aytmas sira dard bilmas yotga
Faqat tunlar yig‘lar yagona Zodga
Oshiqlar ahliga shoirdan salom .
Tuganmas muhabbat qalbida yashar
Yurakda sevgidan ummonlar jo‘shar.
Oh ursa "yorim" deb tog‘lardan oshar
Oshiqlar ahliga shoirdan salom.
To‘lin oy ularga hamrohdir har tun
Suyganin o‘ylamay o'tmas hech bir kun
Jon bermoqqa tayyor o‘z yori uchun
Oshiqlar ahliga shoirdan salom.
Ular shunday sevar: shartsiz, abadiy
Tillarida har dam "ishq" degan kalom.
Ular tomon boqib degay Fig‘oniy:
"Oshiqlar ahliga shoirdan salom"