Seni eslaganda kelar dilimga ,
Tomchilardek tiniq , mayin xayollar .
Gohida quvonib oʻzim - oʻzimga
Beraman gʻalati , ajib savollar .
Tunlari qaygʻular ichida qolib ,
Toʻyib yigʻlagancha jim qolganimda .
Uyquni eltasan kipriklarimga ,
Yupatasan meni tin olganimda .
Mehringni sezaman shunda nogahon ,
Sen borsan sira ham chekmayman ozor .
Doimo yoʻlimni yoritib tursang ,
Men baxtli yashayman , gʻamgin , dilafgor .
Mehringdan doimo boʻlib umidvor ,
Sinovdan ham hikmat koʻzlayveraman .
Kun kelib , lablarim qurib qolsa ham ,
Toʻqson toʻqqiz isming soʻzlayveraman...