Borar edim koʻchangga doim seni koʻrgani
Har kun borganimgami qolgandimda oʻrganib
Seni koʻrmasam agar hech uyimda turolmay
Sendan keyin ōzga qizni qoldimku men koʻrolmay
Hatto qorda yomgʻirda koʻchangda men kutardim
Qor va yomgʻir aralash hasratimni yutardim
Menga qiziq emas edi ob havoni ahvoli
Ko'rinsaydi bir bora sen go'zalning jamoli
Borganim bilan hatto bir sõz sõzlay olmayman
Lek aqalli bir koʻrsam hech armonda qolmayman
Shunday oʻtar har kunim tartibimga aylangan
Unga boʻlgan muhabbat qalb toʻrida joylangan
Yozishmadik tunlari birga yurmadik sira
Koʻnikdim lek ovundim koʻchanglarda tentirab
Biroq meni ayirding shu ham qilmadi nasib
Qara yo'llar ayrodir kelmayapti tutashib
Õzingcha mendan qochding senda õzgardi yoʻllar
Ammo yurak seni deb seni yoʻlingni oʻylar
Yozaman shu sheʼrlarni faqat ovunmoq uchun
Oʻtdek yongan qalbimni qildingku zarra uchqun