Bir so'z bilan biz bo'lamiz tugamas sabr koni
Hammamizni yuragimiz soxtalarni makoni
Odamlarni tark etib ham o'rgatamiz vafoni
Bugun qaytaramiz qayta kecha qilgan xatoni
Kechiramiz ko'z yuzamiz kimdir bizga bersa pand
Biz pand bergan odamlardan uzilgan munosabat
Har bitta odamda bor bil havas ortida hasad
Kimdir hayotdan zerikkan kimdir boriga hursand
Hamma kurashadi qara hamma talashadi
Lekin nega yugurganikimas buyurganniki
Qiynalmasdan maqsadiga yetganni qadrlashadi
No g'alaba sinovlarda tik turganniki
It huradi karvon o'tar sahro bo'ylab darbadar
Itlarga hafa bo'lma san bo'lsang olib sotar
Sir shunchalik og'ir narsa ko'tarib yurib bo'midi
Kimdir bilsa sir bo'midi qaytanga og'ir bo'midi
Yolg'on to'qiladi nega haqiqatlar to'qilmidi
Taqdir zerikarli kitob chunki hecham o'qilmidi
Bu hayotda pastda turgan odam hecham yiqilmidi
O'z hayoti qiziq odam sanikiga suqulmidi
Yaroqlilik muddati bor har bitta mahsulotni
Aynigan havo hatto aynigan ba'zi qizlar
Sof tuyg'ular rangli qilar bu oq qora hayotni
Vaqt o'tib sovuydi hozir qaynagan ba'zi hislar
Qara hatto qalbi toshni qalbi sinishi mumkin
Hattoki shifokorlar hasta bo'lishi mumkin
Hayot hayotni bir umr tahlil qilish uchunmas
Qoidani buzish mumkin lekin nega mumkinmas