Garchi ikkimizga barchasi ayon,
Hamon ikkimizda bir xil kayfiyat…
Axir sevmoqlikni nimasi yomon,
Kel, baxtli boʻlishga qilamiz niyat…
“Soʻnggida biz birga boʻlmaymiz” deysan,
Bilsang, iloji bor har qanday ishni…
Gar Alloh hohlasa zumda bilmaysan,
Yozga aylantirib qoʻyadi qishni…
Ertani oʻylama, kuyinma jonim,
Ertada bormizmi, yoʻqmizmi gumon…
Seni deb urarkan shu chap tomonim,
Meningsiz qolmaysan hech qachon, ishon…