Necha yilki humorim chiqmas,
Armon bilan siylab ketgansiz.
Sevgingiz ham endi qiziqmas,
Meni yolğiz tashlab ketgan qiz.
Yurganimda men sizni asrab,
Kõnglimni ham qoldirib aldab.
Yoki qasdan yoki ataylab,
Meni jonsiz tashlab ketgan qiz.
Muhabbatning bahridan õtib,
Atirgulning bağridan õpib.
Xiyonatning zaxridan tutib,
Meni xolsiz tashlab ketgan qiz.
Soddaligim qõl kelib sizga,
Qõl uzatib kõkda yulduzga.
Zulmatda zor qilib kunduzga,
Meni kunsiz tashlab ketgan qiz.